Zelenskiy Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi bugungi kunda imkonsiz ekanligini tan oldi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy respublikaning NATOga qoʻshilishi Shimoliy Atlantika alyansining oʻzi uchun zarurligini aytdi, ammo bugungi kunda buning iloji yoʻqligini tan oldi. Uning soʻzlarini Buyuk Britaniyaning “Sky News” telekanali keltirmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, NATO davlatlari uchun Ukrainadek ittifoqchi boʻlishi foydali. Kiyevda esa hamkorlarda hali yoʻq texnologiyalari bor va 10-yildan beri ziddiyatli vaziyatda.
“Bu yerda gap nafaqat jang maydonida, balki iqtisod, omon qolish, kiberhujumlar, bank tizimi, energetika sektori haqida ham ketmoqda”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina yetakchisining qoʻshimcha qilishicha, NATO aʼzoligi “oʻzaro imkoniyat va ehtiyoj”. Biroq siyosatchi bugungi kunda mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga qoʻshilishi “mumkin emas”ligini taʼkidladi.
Avvalroq NATOning Gaagada boʻlib oʻtadigan sammitida Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini tasdiqlashi, biroq uning blokka kirishining aniq sanalarini aytmasligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring