Zelenskiy Ukraina qancha chidab berishini bilmasligini aytdi

21:19 24 Fevral 2022 Dunyo
1332 0

Foto: Lenta.ru

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushda mamlakati qancha chidab berishini bilmasligini aytdi. U bu haqda 24-fevral kuni Avstriya kansleri Karl Nexammer bilan telefon orqali muloqoti chogʻida aytgan.

“Zelenskiy menga Ukrainadagi fojiali vaziyatni tasvirlab berdi. U «Mening mamlakatim qancha chidab berishini bilmayman” dedi. Shubhasiz, biz neytral davlat sifatida xalqaro huquq buzilishiga befarq emasmiz, qoʻlimizdan kelganicha yordam beramiz», deb yozgan Avstriya hukumati rahbari oʻzining «Tvitter»ida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni televideniye orqali qilgan maxsus murojaatida Donbassda tinch aholini himoya qilish maqsadida maxsus operatsiya oʻtkazilishini aytdi. Shundan soʻng, mahalliy vaqt bilan 03:40 da (Toshkent vaqti bilan 6:40) harbiy bazalarga zarba boshlandi. Keyinchalik Kiyev, Xarkov infratuzilmalarga ham hujum boshlangan. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podlyak vaziyat yuzasidan bergan bayonotida maʼlum qilgan.

«Ukrainaning bir qator viloyat va shaharlariga uyushtirilgan zarbalar ular xohlagandek aniq boʻlmadi. Ertalab soat 05:30da Kiyevda quruqlikdagi operatsiya boshlandi — birinchi zarba Sumi va Xarkov viloyatlari chegarasida berildi. Ayniqsa, janubiy yoʻnalishda — Xerson, Nikolayev va Odessa viloyatlarida shiddatli janglar davom etmoqda. U yerda nafaqat harbiy infratuzilma, koʻpriklar, temir yoʻllar, balki fuqarolik obyektlari ham vayron boʻlmoqda», deydi Mixail Podlyak.

Rossiya yetakchisining taʼkidlashicha, Rossiyada boshqa tanlov qolmagan va uning harakatlari Ukraina manfaatlariga tajovuz qilish bilan emas.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, maxsus operatsiya ikkita maqsadni koʻzlaydi — Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?