Zelenskiy Mixail Fedorovni Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Fedorovni mamlakatning yangi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlash taklifi bilan chiqdi. Agar Oliy Rada ushbu nomzodni maʼqullasa, Fedorov Zelenskiy prezidentligi davomida tayinlangan yettinchi mudofaa vaziriga aylanadi.
34 yoshli Mixail Fedorov ayni paytda Ukraina Bosh vazirining oʻrinbosari hamda raqamli transformatsiya vaziri lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2019-yildan buyon Zelenskiy jamoasida ishlab, hukumatdagi barcha kadrlar almashinuvlaridan keyin ham oʻz lavozimini saqlab qolgan yagona vazir hisoblanadi. Fedorov prezidentning eng yaqin va ishonchli ittifoqchilaridan biri sifatida tanilgan.
Uning mudofaa vaziri lavozimiga taklif etilishi 2-yanvar kuni mamlakat rahbariyatida amalga oshirilgan keng koʻlamli kadrlar oʻzgarishlari, jumladan, razvedka idoralaridagi almashinuvlar fonida maʼlum qilindi.
Zelenskiy oʻz tanlovini izohlar ekan, Fedorovning Ukrainaning “dronlar floti”ni shakllantirish va raqamli harbiy yechimlarni rivojlantirishdagi faol ishtirokiga alohida eʼtibor qaratdi.
“Harbiylar, armiya qoʻmondonligi, qurol ishlab chiqaruvchilar hamda Ukraina sheriklari bilan birgalikda mudofaa sohasida aniq natijalar beruvchi oʻzgarishlarni amalga oshirishimiz kerak”, — deydi Zelenskiy.
Maʼlumotlarga koʻra, Mixail Fedorov ushbu lavozimda olti oyga yaqin faoliyat yuritgan Denis Shmigal oʻrnini egallashi kutilmoqda. Zelenskiyning taʼkidlashicha, Shmigal hukumatda boshqa lavozimga tayinlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring