Zarafshonda “Sanoatchilar shaharchasi” quriladi

15:23 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
1215 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyat aholisiga munosib yashash sharoiti yaratish, infratuzilma bilan bogʻliq masalalarga ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

Hozirgi kunda viloyatda uy-joyga boʻlgan talab yuqori ekanligi, ayniqsa, ushbu masala Navoiy va Zarafshon shaharlarida oʻta dolzarbligi qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, ushbu yoʻnalishdagi rejalar maʼlum qilindi. Taʼkidlanganidek, Navoiy shahrida yangi massiv tashkil etilib, 4 ming xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, maktab, bogʻcha va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.

Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qoʻshimcha 30 ming aholi yashashi uchun zamonaviy infratuzilmaga ega “Sanoatchilar shaharchasi” quriladi.

Shuningdek, boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta koʻp qavatli uy-joy quriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер