Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirayotgan bolalar soni ortib bormoqda
Zangiota shahridagi 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasida 160 ga yaqin kasal bola davolanmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yana bir salbiy holat shuki, СOVID-19ni yuqtirib olayotganlar orasida bolalar soni ham ortib bormoqda. Ayni kunlarda Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kuniga oʻrtacha 25 nafar oʻgʻil-qiz yotqizilyapti. Chunki yurtimizda keng tarqalgan delta shtammi bolalarni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq.
Maʼlumotlarga koʻra, markaz 2 ming oʻrinli boʻlib, hozirda bu yerda 1600 bemor davolanmoqda. Ulardan 26 foizi oltmishdan oshgan fuqarolar, shuningdek 160 ga yaqin bolalardir.
Qayd etilishicha, bemorlarning 77 foizi oʻrtacha ogʻir, 20 foizi ogʻir ahvolda, 3 foizi oʻta ogʻir ahvoldaligi aytilgan.
Hozirda 153 bemor reanimatsiya boʻlimida davolanmoqda. Markaz kuniga oʻrtacha 100-150 nafar bemorni qabul qiladi va 7-10 kun davomida davolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring