Zamonaviy uylar harbiy xizmatchilarga madad bo’ladi

16:18 06 Aprel 2018 Siyosat
5241 0

Shavkat Mirziyoev Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig’inida qurilgan yangi uylarni borib ko’rdi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bu erda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda. 

1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. O’ziga xos harbiy shaharcha bo’ladigan ushbu mavzeda bolalar bog’chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’ektlar barpo etiladi. 

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylarning qurilishi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan himoyachilarini qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoev shu erda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер