“Zagulba” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
"Zagulba" qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev samimiy kutib oldi.
Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdi.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring