Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi
Qarorga koʻra, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi:
“AAA” toifadagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno) shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlarga QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda boʻlib-boʻlib toʻlash muddati 5-yilgacha uzaytiriladi;
“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:
— soliqlar boʻyicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi;
— tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
2024-yil 1-apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring