YUNISEF tomonidan Oʻzbekistonda milliy immunizatsiya tizimini rivojlantirish uchun 2150 ta kompyuter jamlanmasi taqdim qilindi
Joriy yil mart oyida Sogʻliqni saqlash vazirligi va YUNISEF tomonidan 2022-2025-yillarga moʻljallangan 102,5 million AQSH dollarilik “Yoʻl xaritasi” imzolangan edi.
Bugun ushbu hamkorlik doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash va sogʻliqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2150 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Sogʻliqni saqlash vaziri B.Musayev, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade, vazirlik masʼullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Taqdim etilgan ushbu kompyuter vositalarining umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Mazkur mablagʻ Vaksinalar va immunizatsiya boʻyicha global alyansi (GAVI) tomonidan sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish doirasida ajratildi.
Ushbu zamonaviy kompyuter vositalari mamlakatimizda samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini mustahkamlash, birlamchi tibbiyot muassasalarida sogʻliqni saqlash tizimini boshqarishning funksional axborot tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur jihozlar yurtimizdagi mavjud barcha emlash punktlari va birlamchi tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring