Yuliya Risyukova Prezident Administratsiyasida lavozimga tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilevna Risyukova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring