“Yulduz”ning “Telegram”dagi kirdikorlari fosh boʻldi

10:19 02 Aprel 2021 Jamiyat
535 0

Namangan viloyati IIB boshligʻi nomiga 27 yoshli Hasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021-yil mart oyining boshlarida oʻzini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, soʻng unga oʻzini «Oydina» deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan oʻrtasidagi yozishmalarni internet tarmogʻiga chiqarib, oila-aʼzolariga maʼlum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSH dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar koʻchasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Hasanboy Q.,dan 1 000 AQSH dollarni olgan S.A., ismli fuqaro “Yulduz” ismli shaxsning yaqin dugonasi ekanligini, uning iltimosiga binoan ushbu pullarni olganligi maʼlum boʻlib, 21 yoshli Yulduzxon A., tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan 1 000 AQSH dollar pullarni S.A.,dan olgan vaqtida ushlanib, «Oydina» va “Yulduz” ham uning oʻzi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Yulduz A.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?