“Yozyovon ilhomlari” mushoirasi
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi va Yozyovon tumani hokimligi hamkorligida hududdagi “Tolquduq buvo” dam olish maskanida mustaqillik mushoirasi boʻlib oʻtdi.
“Yozyovon ilhomlari” deb nomlangan mushoira doirasida nafaqat Fargʻona, balki qoʻshni viloyatlar, poytaxtdan kelgan taniqli shoir va yozuvchilar qatnashdi.
— Ishonamizki, ushbu ijodiy muloqot kelajakda mamlakatimiz miqyosida oʻtkaziladigan adabiyot bayramlaridan biriga aylanadi, — deydi Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Dilshoda Ergasheva.—Bugungi mushoira juda qiziqarli tashkil etilib, unda ona Vatan, mustaqillikni ulugʻlovchi sheʼrlar oʻqildi. Faxriy va yosh ijodkorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovgʻalari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ijodiy muloqot yakunida “Yozyovon ilhomlari” mushoirasini har yili eng ulugʻ, eng aziz istiqlol bayrami arafasida oʻtkazib borishga kelishib olindi.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring