Yozning jaziramasida qanday kiyinish kerak?

15:30 08 Iyun 2025 Jamiyat
202 0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining maʼlum qilishicha, yoz faslida inson organizmi haddan tashqari suvsizlanadi, shaharda havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin.

Havo issiq boʻlganda jon saqlash uchun inson oʻz kiyimlariga, ovqatlanish ratsioniga va salqinlanish usullariga yaxshilab eʼtibor berishi zarur. “Sanepidqoʻmita” yozning jaziramasida qanday kiyinish kerakligi boʻyicha bir nechta tavsiyalari bilan boʻlishdi.

Yozning jaziramasida qanday kiyinish kerak?

Havo isiganda koʻpchilik ochiq kiyinishga harakat qiladi. Bu goʻyoki salqinlanishga yordam beradi, deb oʻylash tabiiy. Lekin aslida u faqat havo harorati tana haroratidan past boʻlsagina amalga oshishi mumkin. Harorat 37 darajadan oʻtishi bilanoq, tana oʻz-oʻzidan termoregulyatsiya bilan kurashishni toʻxtatadi. Terining ochiq qolgan qismidan ajralgan ter uni sovitishga vaqt topolmay, bir zumda bugʻlanadi. Yopiq liboslar esa bunday vaqtda ajoyib yechim, chunki u terning tez bugʻlanishidan saqlaydi.

Yana bir sabab quyoshning jaziramasi

Agar butun tana boʻylab SPF (quyoshdan asrovchi omil – uning tarkibiy qismi terini ultrabinafsha nurlaridan asraydi va bu nurlarni oʻziga singdirib oladi) qoʻllangan boʻlsa ham ter tufayli badan himoyasiz qoladi. Keng va yopiq kiyim quyosh va shafqatsiz ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Shuning uchun jaziramada uzun koʻylak, etagi keng yubka va shlyapalar kiyish tavsiya etiladi.

Tabiiy va ochiq rangda kiyining

Jaziramada imkon qadar tabiiy matolardan tikilgan kiyim tanlash tavsiya etiladi. Bu matolarning barchasi havo oʻtkazadi va namlikni darhol oʻzlashtiradi. Agar tabiiyligiga ishonchingiz komil boʻlsa, albatta, ipak ham kiyishingiz mumkin.

Qolaversa, yoz uchun qora, toʻq yoki quyuq ranglar mos kelmaydi. Issiqda quyosh nurlarini qaytarish va kamroq isish uchun ochiq yoki oq rangli kiyim kiyish lozim.

Qatlam uslubida kiyining

Bu gʻalati tuyiladi, lekin Osiyoning milliy chopon liboslarini eslang. Qatlamli kiyim organizm va atrofdagi issiq muhit oʻrtasida meʼyorni hosil qiladi. Mayka, top yoki yengil futbolka ustidan keng koʻylak, nimcha kiyish jaziramada isib ketishning oldini oladi.

Bosh kiyim kiying

Yengil sharf, paxta panama, shlyapa — asosiysi bosh quyosh nuri ostida qolmasligi kerak. Aks holda, boshning yuqori qismi issiqdan aziyat chekadi. Quyosh urishi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bosh kiyimning afzalligi shundaki, agar butunlay chidab boʻlmas darajada issiq boʻlsa ham, uni namlash va shu orqali salqinlanish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер