Yoshlik mahallasida sport maydoni foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, joriy yilning may oyida Sport vazirligi tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish boʻyicha “Tashabbus.sport.uz” sayti orqali tanlov oʻtkazilgan edi.

Tanlovda Yozyovon tumanining “Yoshlik” MFY tomonidan ham sport maydonchasi qurish loyihasi joylangandi. Yakuniy ovoz berish natijasiga koʻra, ushbu mahalla loyihasi gʻolib topildi.
Natijada oʻtgan qisqa vaqt ichida “Yoshlik” MFYda 300 million soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga “street workout” maydonchasi qurib bitkazilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

— Yozyovon sportsevarlar yurti, bevosita oʻzimning farzandim ham muntazam ravishda xalqaro musohabalarda qatnashib, murabbiylik sohasida ham quvonarli natijalarga erishdi, — deydi Boʻriboy Omonzoda.—Mahallalarda bu kabi sharoitlar yaratilishi yangi-yangi chempionlarni kashf etishda zamin yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring