Yoshlarda yangi gʻoya asosida huquqiy immunitet shakllantirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan kelishgan holda har bir shahar-tumanda bittadan huquq sinfi tashkil etilib, mashgʻulotlar chuqurlashtirilgan tarzda oʻtkazilishi taʼminlanmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy qilishga qaratilgan.

Huquq sinflari Adliya vazirligining joriy yil 6-iyun kungi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi asosida tashkil etildi.
— Shu maqsadda har bir shahar va tumanda otaliqqa olingan maktablarda huquq sinflari zamon talabiga mos ravishda jihozlandi,—deydi Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi huquqiy axborot shoʻbasi boshligʻi Mahbuba Toshmatova. — Bu sinfda har oyda kamida bir marotaba amaliyotchi huquqshunoslar — profilaktika inspektori, sudya, prokuror, advokat, adliya xodimi tomonidan huquqiy mavzularda darsdan tashqari amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib borilmoqda.

Oʻz navbatida, targʻibot guruhi aʼzolari bilan hamkorlikda yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilishga qaratilgan “Street Law” loyihasi ommalashtirilyapti. Oʻquvchilar tarixiy va madaniy obyektlar, davlat organlari, harbiy qism, jazoni ijro etish hamda oliy taʼlim muassasalariga olib borilayotir.
Shuningdek, viloyatdagi barcha maktablarda huquqshunoslik fanidan dars beruvchi oʻqituvchilarga adliya boʻlimlari tomonidan huquq sohasi hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan doimiy ravishda seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring