Yoshlar oʻrtasida “Yashil chiroq” musobaqalari qayta tiklanadi
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida haydovchilarni tayyorlash boʻyicha yangi tizim samara berishni boshlagani taʼkidlandi. Xususan, yil boshidan beri staji kam haydovchilarning qoidabuzarligi 15 foizga, ogʻir avariyalar 30 foizga qisqargani qayd etildi.
Ammo piyodalar, ayniqsa yoshlarning madaniyati va yoʻl harakati qoidalari haqidagi bilimlarini oshirish – dolzarb masala ekaniga toʻxtalib oʻtildi.
Masʼul vazirliklarga yangi oʻquv yiligacha maktab va bogʻchalarda harakat xavfsizligi boʻyicha dasturlarni tubdan yangilash topshirildi.
Maktab oʻquvchilari va mahalladagi yoshlar oʻrtasida “Yashil chiroq” musobaqalari qayta tiklanib, respublika gʻoliblariga Prezident sovgʻasi beriladi.
Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha sodda video va animatsion kontentlar yaratiladi. Mahallada, turli tadbirlarda yoʻl qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirish ishlari yoʻlga qoʻyiladi.
Yigʻilishda hududlar, soha uchun masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring