“Yoshlar ijod saroyi” Savdo-sanoat palatasiga berilmoqda

Foto: Arxiv surat
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga 20-oktyabr kuni “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qoʻyildi.
Farmon loyihasida, Toshkent shahrida joylashgan “Yoshlar ijod saroyi” binosi Palata balansiga oʻtkazib berilishi koʻzda tutilgan. Mazkur binoda Palata tomonidan mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida biznes-forumlar, koʻrgazmalar, ochiq-muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Shuningdek, Koreya xalqaro rivojlantirish agentligining (KOICA) 5,5 million dollar miqdoridagi grant hisobiga Palata qoshida namunaviy “Startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazi” biznes-inkubatori tashkil etish qayd etilgan. Markaz biznes-inkubatori Toshkent shahridagi 25-uy B-blok manzilidagi binoda joylashtirish va ushbu binoni Palata balansiga oʻtkazib berish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda “Yoshlar ijod saroyi”ga Yoshlar ittifoqi egalik qilmoqda. Undan avval Madaniyat vazirligi tasarrufida boʻlgan.
Maʼlumot uchun, “Yoshlar ijod saroyi” 2008-yilda qurilgan. Mazkur majmua 3 ta zalga boʻlingan. Bular madaniy-maʼrifiy tadbirlar uchun moʻljallangan katta zal va sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan ijodiy ustaxonalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring