Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy boʻgʻini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda boʻlishga haqqi yoʻq – Prezident

14:15 14 Fevral 2025 Siyosat
1014 0

Muloqotda yoshlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgani taʼkidlandi. Xususan, hozirgi vaqtda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olayotgani, bu Oʻzbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik ekani qayd etildi.

Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan katta forumda Toshkent shahridagi Prezident maktabi global darajada eng nufuzli nominatsiyada gʻolib deb topildi.

“Buning bosh omili nimada, deb soʻrasangiz, men avvalo yoshlarga munosabat davlat miqyosida butunlay oʻzgarganida, deb javob bergan boʻlardim. Oʻgʻil-qizlarimiz yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanganini sezib, oʻzlariga beqiyos kuch olmoqda”, – dedi Prezident.

Bundan besh yil oldin Senat va Qonunchilik palatasida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. U yerda yoshlar siyosiy yetakchilik, demokratiya maktabi, parlamentarizm maktabi qanday boʻlishini amalda koʻrdi. Oxirgi saylovda ana shu yoshlarimizdan ikki nafari Qonunchilik palatasiga, 250 nafari kengashlarga deputat boʻlib saylandi.

“Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning baralla ovozini eshitishga majbur. Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy boʻgʻini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda boʻlishga haqqi yoʻq”, – dedi Prezident.

Қайд этилдики, ҳар йили меҳнат бозорига 600 мингдан ортиқ ёшлар кириб келмоқда. 2030 йилга бориб бу кўрсаткич 1 миллион нафарга етади.

Бу давлат ва жамият зиммасига катта масъулият юклаши таъкидланди.

Бу борада ёшларни қўллаб-қувватлаш тизими яратилди. Биргина “Ёшлар дафтари” орқали ўтган йили 180 минг нафар ёшларга 345 миллиард сўмлик ёрдам кўрсатилди.

Ўтган 8 йилда ёш тадбиркорлар сони 3 карра кўпайиб, бугун бизнес вакилларининг салкам 40 фоизини ёшлар ташкил этмоқда.

Ишсиз ёшлар 2 карра камайди. Ишсизликдан ҳоли маҳаллалар сони 1 минг 889 тага етди.

Шу билан бирга, Шўрчи, Бувайда, Фурқат, Касби, Фориш туманларида ишсиз ёшлар кўплиги у ердаги раҳбарларнинг масъулиятсизлигидан далолатлиги кўрсатиб ўтилди.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?