Yosh shoira Xonzodabegim Jamolova 22 yoshida vafot etdi
2021 yilning 16 aprel kuni iste’dodli yosh shoira, xalqaro toifadagi sport hakami, “Respublika lider qizlar” harakat rahbari, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi Xonzodabegim Jamolova 22 yoshida vafot etdi.
Xonzodabegim Jamolova 1999 yilning 27 mart kuni Bekobod tumanida tug‘ilgan.
Xonzodabegim Jamolova sportdagi qisqa faoliyati davomida qator yutuqlarga erishgan. U Karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibasi, jit kun do bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi sanaladi, xalqaro toifadagi hakam hamda xalqaro sport loyihalari tarjimoni sifatida ham faoliyat olib borgan.
Xonzodabegim Jamolova tashabbusi bilan 2019 yili O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro sport sammiti (International sport summit Tashkent-2019), O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yili “Respublika lider qizlar festivali” o‘tkazildi.
U rus, ingliz, arab, turk, koreys tillarida erkin so‘zlasha olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring