Yosh sayyohlar Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini ziyorat qildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatidagi oʻquvchi va talabalarning qishki taʼtildagi boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni boy tariximiz va madaniyatimiz bilan tanishtirish maqsadida “Yoshlar turizmi haftaligi” loyihasi oʻtkazilmoqda. Uning doirasida yoshlarning muzeylar va tarixiy obidalarga sayohatlarini tashkil etish belgilangan.
Sayohatlarga viloyatning barcha tuman va shaharlaridan, asosan nogironligi boʻlgan, ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turgan, fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yigit-qizlardan iborat 850 nafar yosh taklif etiladi.
— Haftalikning ilk kunida Samarqand shahrida yashovchi bir guruh yoshlar sayohatga chiqdi, — deydi viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov. — Ular dastlab Registon maydonida boʻldi. Yoshlarga bu yerdagi madrasalar, ularning qurilish tarixi haqida soʻzlab berildi. Shundan soʻng yosh sayyohlar Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va shahardagi boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qildi. “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida joylashgan “Boqiy shahar” majmuasini ham koʻzdan kechirdi. Har 15 nafar yoshga bir nafar oʻqituvchi yoʻlboshchilik qilyapti. Ularning salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar boʻlimlari va tibbiyot xodimlari ham masʼul qilib biriktirilgan.
Bugun shuningdek, 100 nafar Jomboy tumani maktablarining faol oʻquvchilari hamda kam taʼminlangan oila farzandlari uchun ham Samarqandning diqqatga sazovor joylari, “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga sayohat tashkil etildi.
Bulungʻurlik oʻquvchilar dastlab tumanning Fozil Yoʻldosh nomidagi muzeyi, “Sheroz qalʼa” kabi turizm obyektlarida boʻldi. Shuningdek, bulungʻurlik 50 nafar oʻquvchi yoshlarning ham Samarqand shahridagi tarixiy obyektlarga sayohati tashkil etildi. Haftalik 10-yanvarga qadar davom etadi. Yosh sayohatchilar uchun teatr va kinoteatrlarda tarixiy spektakllar, badiiy filmlar namoyish etilishi ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring