Yosh qilichbozlarimiz Osiyo chempionatini 15 ta medal bilan yakunladi
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. 8 kun davom etgan musobaqani yoshlar oʻrtasidagi jamoaviy dasturlar yakunlab berdi.
Ahamiyatlisi, oʻsmirlarimiz musobaqa doirasida 12 ta medal jamgʻarishga erishgan boʻlsalar, yoshlarimiz bu koʻrsatkichni uchtaga yaxshilashga erishishdi. Bugungi bahslarda qayd etilgan natijalarga toʻxtaladigan boʻlsak, barcha jamoalarni magʻlub etgan
Qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi OCH.
Qizlar,
1. Oʻzbekiston
2. Hindiston
3. Qozogʻiston
Qizlar,
1. Gonkong
2. Qozogʻiston
3. BAA
Yigitlar,
1. Gonkong
2. Oʻzbekiston
3. Hindiston
Yakunda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻargan yoshlarimiz umumjamoa hisobida qitʼa birinchiligini ikkinchi oʻrinda yakunlashdi. Bu borada birinchi oʻrin gonkonglik qilichbozlarga nasib etdi. Hamyurtlarimiz qoʻlga kiritgan oltin medallar soni teng, faqat kumush medallar soni boʻyicha kichik ustunlik sharqiy Osiyo jamoasini peshqadamga aylantirdi.
Medallar jamgʻarish boʻyicha kuchli uchlik:
1. Gonkong – 5-4-4
2. Oʻzbekiston – 5-3-7
3. Qozogʻiston – 1-3-2
Qayd etish joiz, oʻsmirlar va yoshlar jamoalarimiz bu bilan Osiyo chempionatlarida oʻz tarixidagi eng yaxshi natijalarini qayd etdilar. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bunday ajoyib koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy muborakbod etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring