Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 2024-yilgi saylovlarda ilk marotaba aralash saylov tizimidan foydalanilishiga alohida toʻxtaldi.
Bu tizimda Qonunchilik palatasi deputatlarining 50 foizi bir mandatli saylov okruglaridan majoritar tizim boʻyicha, qolgan 50 foizi esa partiya roʻyxatiga proporsional vakillik orqali saylanishi nazarda tutilishi aytib oʻtildi.
Maʼruzachi “E-saylov” axborot tizimi imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berib, tadbir ishtirokchilarining barcha savollariga batafsil javob berib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring