Yosh beshkurashchimiz Belarusdagi xalqaro musobaqada sovrindor boʻldi
Belarusning Brest shahrida zamonaviy beshkurashning ikkikurash va uchkurash yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda U-11, U-13, U-15, U-17 yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, musobaqada ishtirok etish uchun koʻplab davlatlardan tashrif buyurgan 120 nafar yoshlar orasida hamyurtlarimiz ham oʻz omadlarini sinab koʻrishdi.
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda terma jamoamiz vakillari 10-fevraldan boshlab ushbu mamlakatda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlib turibdi. Yigʻin doirasida yoshlarimiz belaruslik sportchilar bilan birga oʻz mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.
Musobaqa yakunida yoshlarimizning natijasi ancha oʻsganini eʼtirof etish oʻrinli. Ayniqsa, 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar toifasida qatnashgan Kira Soy oʻz tengqurlari orasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani murabbiylarimizda iliq taassurot qoldirdi. Yana bir hamyurtimiz Sherjon Ahmedov murosasiz raqobatda toʻrtinchi natijani qayd etdi. Qolgan vakillarimiz garchi sovrinli oʻrinlarga kira ololmagan boʻlsalar ham, xalqaro musobaqada ishtirok etish orqali oʻz mahoratlarini yanada oshirishga erishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring