Yoqilgʻi berilmasa, shifoxonalar 48 soat ichida “qabriston”ga aylanadi — Gʻazo rasmiylari dahshatli bayonot bilan chiqdi

Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, agar elektr generatorlariga yoqilgʻi berilmasa, shifoxonalar 48 soat ichida “qabriston”ga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, Gʻazodagi kasalxonalarda yoqilgʻi taqchilligi yaqinlashayotgani sababli, 300 nafar buyrak yetishmovchiligi bilan ogʻrigan bemorlar dializ apparati muolajasidan oʻta olmay qolishi mumkin.
Gʻazodagi “Al-Shifa” kasalxonasi direktori buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.
“Koʻplab tibbiy texnikalarimiz yoqilgʻi bilan ishlaydi. Agar zudlik bilan yoqilgʻi topmasak bir necha soatdan soʻng shifoxonani yopishimizga toʻgʻri keladi. Buyrak yetishmovchiligi bilan ogʻriyotgan 300 nafar bemorning hayoti xavf ostida”, — deydi “Al-Shifa” kasalxonasi rahbari.
Bundan tashqari, Isroil askarlari Gʻazoning janubiy hududidagi yordam punktlariga borgan och falastinliklarga qarata oʻt ochgan. Oqibatda kamida 14 kishi halok boʻlgan, 100 dan ortiq kishi yaralanib, shifoxonalarga joylashtirilgan.
Soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida kamida 54 ming 880 nafar falastinlik halok boʻlgan. 126 ming 227 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring