“Yo Jahon chempionati, yo hech narsa”: Oʻzbekistonning “Osiyo Kubogi” chorakfinalidagi raqibi maʼlum boʻldi
Xitoyning Shinjen shahrida futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda.
20-fevral kuni mazkur turnirning guruh bosqichi soʻnggi tur oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining chorakfinaldagi raqibi aniqlandi.
“D” guruhidan oʻrin olgan markaziy bahsda Janubiy Koreya terma jamoasi yaponiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqdi. Oʻyin davomida bitta gol farqi bilan ortda borgan koreyaliklar 90+1-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, 7 ochko jamgʻarib, oʻz guruhida peshqadam boʻlgan Janubiy Koreya terma jamoasi chorakfinalda hamyurtlarimizga qarshi saf tortadigan boʻlishdi. “C” guruhida yetakchi boʻlgan Eron esa chorak finalda “D” guruhida ikkinchi pogʻonani egallagan Yaponiyaga qarshi maydonga chiqadi.
Ahamiyatlisi shundaki, chorakfinal gʻoliblari yarimfinalga chiqishdan tashqari Chilida oʻtadigan jahon chempionatiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi bahsi 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring