Yigʻilishda kino sanʼatimiz va adabiyotimizda roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlarga ham toʻxtalib oʻtdi
Buyuk sarkarda va davlat arboblarimiz, ulugʻ allomalar, madaniyat namoyandalarimiz haqida tarixiy filmlar yaratilmoqda.
Qariyb chorak asrdan keyin Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi. 2021-yildan buyon har yili jahonning 50 dan ortiq mamlakatidan yuzlab kino ijodkorlar Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqda.
Zamonaviy adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida poytaxtimizda Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining muhtasham binosi barpo etildi, yangi ijod uylari qurildi. Samarali ijod qilayotgan adiblar imtiyozli asosda yangi uy-joylar bilan taʼminlandi.
Yosh isteʼdod egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Zomin seminari qayta tiklandi.
100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”, 30 jilddan iborat “Mustaqillik davri navoiyshunosligi”, “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari”, “Mard askarga sovgʻa” singari adabiy majmualar nashr etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring