“Yashil makon” dasturi doirasida joriy yilda 700 kilometrdan ziyod yangi sugʻorish tizimi va 260 ta quduq oʻrnatiladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda Innovatsion rivojlanish va Qishloq xoʻjaligi vazirliklariga terakning allergiya chaqirmaydigan navlarini ekish boʻyicha hududlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish topshirildi.
Toshkent shahrida 5 yoshdan kam boʻlmagan mevali va manzarali daraxtlarni tartibli bir tekisda oʻstirish uchun yangi tajriba boshlandi. Viloyat hokimlari ushbu tajribani oʻrganib, oʻzida joriy qiladi.
Shuningdek, “Yashil makon” dasturi doirasida joriy yilda 700 kilometrdan ziyod yangi sugʻorish tizimi va 260 ta quduq oʻrnatilishi reja qilingan.
Yigʻilishda viloyat hokimlari, Avtomobil yoʻllari va Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitalari rahbarlarining sugʻorish tizimi uchun qancha mablagʻ ajratilgani, qancha maydonda irrigatsiya tizimi yaxshilangani, nechta texnika olingani va quduq qazilgani haqidagi hisobotlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring