“Yashil” energiya rivoji yoʻlida yana bir qadam

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov xitoylik investorni qabul qildi.
— Uchrashuvda quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi va quvvati 75 MVt elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasini muhokama qilindi, — deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Elyor Gʻafforov. — Loyiha qurilishi davrida 500 ta, toʻliq ishga tushgandan soʻng esa 25 ta doimiy ish oʻrinlari yaratiladi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 396 mln kVt soat yoki oʻrtacha 165,2 ming xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi, 119 mln kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 165 ming tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring