Yaqin kunlarda gandbolchilarimiz uchun yangi zal foydalanishga topshiriladi

19:20 15 Fevral 2022 Sport
716 0

Xabar berganimizdek, bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov turizm va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov bilan birgalikda Respublika Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurib, suzuvchilarimizning tayyorgarligi bilan yaqindan tanishishgan edi. Mutasaddilar tashrif bahonasida kollej hududida qad rostlayotgan yangi gandbol zalini ham koʻzdan kechirishdi.

Hozirda yangi zalni foydalanishga topshirish boʻyicha soʻnggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu koʻrkam arena yaqin kunlarda tantanali ravishda gandbolchilarimiz ixtiyoriga topshiriladi. Maʼlum boʻlishicha, hozirda xorijdan olib kelingan kerakli uskuna va jihozlar oʻrnatilmoqda va majmua ochilish marosimiga tayyorlanmoqda.

Ushbu zalning ochilishi gandbol sportining yurtimizdagi rivojlanishi, terma jamoalarimizning jahon darajasiga chiqishi yoʻlida katta turtki boʻladi.

Mutasaddilar tashrif davomida mashgʻulot olib borayotgan yosh sportchilarimiz bilan koʻrishib, ularga oʻzining iliq tilaklarini bildirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?