Yaqin kunlarda benzin narxlarida oʻzgarish boʻlishi aytildi
Joriy yil boshidan buyon AI-80 markali benzinning boshlangʻich bahosi oʻrtacha 79,3% ga oʻsib, bir tonna uchun 10 375 ming soʻmni tashkil qildi.
Bu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Respublika tovar xom-ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida taʼkidlangan.
Matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farrux
«Benzin narxlariga taʼsir qiluvchi omillar oʻrganildi, koʻrsatmalar berildi, choralar koʻrilyapti. Bu boʻyicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti.
Qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy oʻsishga erishilgan boʻlsa, biz unga taʼsir koʻrsata olmaymiz. Lekin sunʼiy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga taʼsir koʻrsatish mumkin.
Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sunʼiy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga, albatta, kerakli choralar koʻriladi.
Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish boʻyicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda oʻzgarish boʻladi.
Ayni paytda bozorni toʻyintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga eʼtibor qaratilyapti.
Chunki hozir nima boʻlyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni koʻproq.
Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad — oddiy AYOQSHlarning benzinni olishi va zaxirasini toʻldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sunʼiy ravishda koʻtarilishining oldini olishga yordam beradi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring