Yapon olimlari qanday vaziyatda “omikron”dan himoyalanish imkonsiz ekanligini aniqladi
Tadqiqot uchun dunyodagi eng tezkor “Fugaku” superkompyuteri imkoniyatlaridan foydalanildi. Maʼlum boʻlishicha, agar 15 daqiqa davomida tibbiy niqob taqmagan bemor bilan yaqin masofada muloqotda boʻlsangiz, bu virusni yuqtirib olishingiz tayin.
Olimlar kompyuter yordamida “omikron” bilan kasallanish mumkin boʻlgan turli vaziyatlarni simulyatsiya qilishdi. Ular modelni yaratish uchun virus tashuvchisi bilan turli masofalarda 15 daqiqa davomida suhbat olib borishdi. Bunda bemorning niqob taqqan yoki taqmagan holatlari alohida inobatga olindi.
Aniqlanishicha, agar koronavirusga chalingan kishi tibbiy niqob taqqan boʻlsa va u bilan bir metr yoki undan ziyodroq masofada muloqot oʻrnatilsa, infeksiyani yuqtirish xavfi deyarli mavjud emas.
Biroq bemor niqob taqmagan xuddi shu oraliq masofada kasallikka chalinishingiz ehtimoli 60 foizgacha ortadi.
Agar yarim metrdan qisqa masofada niqob taqmagan xastalik tashuvchisi bilan chorak soat suhbatlashsangiz, “omikron”ni yuqtirib olishingiz xavfi deyarli 100 foizgacha yetadi. Xuddi shu vaziyatda bemor niqob taqib olgani zahoti bu infeksiya bilan xastalanishingiz ehtimoli 14 foizgacha kamayishi mumkin.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, “omikron” variantining yuqumliligi “delta”ga nisbatan bir yarim baravar yuqori.
Masalan, avvalgi shtamm tashuvchisi boʻlgan bemor bilan yarim metrdan bir metrgacha boʻlgan masofada 15 daqiqa suhbatlashsangiz, virusni yuqtirish xavfi taxminan 70 foizga teng. “Omikron”da bu koʻrsatkich 85 foizni tashkil qiladi.
Shunga qaramay, yapon olimlari hatto niqob taqqan holatda ham odamlar bilan muloqotda ijtimoiy masofa saqlash lozimligini taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring