Yanvar oyida Tailandga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

18:16 07 Mart 2026 Jamiyat
88 0

2026-yilning yanvar oyida 6 890 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Tashrif buyuruvchilar safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich sayohat yoʻnalishida boʻlib, 6 478 nafar kishi Tailandga shu maqsadda borgan.

Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash uchun 406 nafar, oʻqish uchun 4 nafar hamda xizmat yuzasidan 2 nafar oʻzbekistonliklar Tailandga safar qilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер