Yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarga yetdi
2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:
- Eksport – 1,7 mlrd (+26,7 foiz)
- Import – 4,1 mlrd (+30,3 foiz) AQSH dollarini tashkil etdi.
Maʼlum qilinishicha, 2026-yilning ilk oyida Oʻzbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,9 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozogʻiston (7,1 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Afgʻoniston (2,4 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd AQSH dollariga yoki 29,2 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring