Yangiqoʻrgʻon tuman hokimining oʻrinbosari 10 gektar yerni 10 ming dollarga sotishga urindi
Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi uchun Yangiqoʻrgʻon tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi boʻyicha tuman hokimining qarorini chiqartirib berishni vaʼda qilib, oʻzi faoliyat yurituvchi boshqarmaning maʼmuriy binosi yonida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u ushbu pullarni Yangiqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosariga berishi kerakligi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Tuman hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya aʼzosi sifatidagi vakolatlaridan foydalanishni rejalashtirgan ushbu yuqori lavozimli shaxs boshqa MCHJga qarashli yer maydonidan 10 gektarini ajratib berishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring