Yangiyoʻlda 5 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 533 mln soʻm zarar yetkazdi

17:17 15 Noyabr 2024 Jamiyat
436 0

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida fuqaro 5 tup koʻp yillik daraxtni hech qanday ruxsatlarsiz kesib tashladi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt – 2 tup qayragʻoch va 3 tup yongʻoq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish) 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 533 mln soʻm deb baholangan.

Taʼkidlanishicha, holatga boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер