“Yangiariq”da tibbiyot yangilanishi: 15,5 milliard soʻmlik loyiha

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz tumani tibbiyot birlashmasi “Yangiariq” filialini yangidan qurishga 15,5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Bu muassasa binosi 1972-yilda qurilgan boʻlib, tibbiy asbob-uskunalari ham maʼnan eskirgan edi. Ushbu holat koʻplab noqulayliklarni tugʻdirib kelayotgandi. Prezidentimizning “2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori doirasida “Yangiariq” filiali tubdan rekonstruksiya qilindi.
Ushbu loyihaga sarflangan 15,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga 20 oʻrinli xirurgiya, 40 oʻrinli terapiya va 20 oʻrinli akusher-ginekologiya boʻlimlari uchun binolar qurilib, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna bilan jihozlandi. Shuningdek, 40 oʻrinli tugʻruq boʻlimi va 100 qatnovga moʻljallangan koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binolari toʻliq taʼmirlandi.
Tibbiyot muassasasining tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring