Yangi turmush qurgan yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

16:33 19 Iyul 2023 Hujjatlar
4352 0

Иллюстратив фото

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

— bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;

— 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;

— boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim, jumladan:

— kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;

— “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);

— daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega boʻlishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?