Yangi taʼmirlangan “Hazorasp” vokzali foydalanishga topshirildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun, 7-dekabr kuni Xorazm viloyatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qayta taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan “Hazorasp” vokzali foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tantanali bayram tadbirida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov, Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sobirov, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Sherali Yusupov hamda faxriy temiryoʻlchilar, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Konstitutsiyamizning 33 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida xorazmlik yurtdoshlarimizga katta sovgʻa boʻlgan ushbu koʻrkam vokzal ochilishida viloyat hokimi Joʻrabek Raximov hamda Qutlimurat Sobirov soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tashabbusi va temiryoʻlchilarning saʼy-harakati bilan bunyod etilgan ushbu koʻrkam va zamonaviy vokzal yoʻlovchilar uchun katta sovgʻa boʻlganini mamnuniyat bilan aytib oʻtishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlar, faxriylar hamda yoʻlovchilar vokzalda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bu yerga keladigan yurtdoshlarimizga sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha qulayliklar mavjudligini eʼtirof etishdi hamda temiryoʻlchilarga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.
Ushbu vokzal qurilishida asosiy binosining parda devorlari 100 foiz qayta taʼmirlanib, ichki pol qoplamalari ham demontaj qilindi. Shift qismida, tashqi fasad qismida gʻisht terish va suvoq ishlari, isitish tizimi quvurlari demontaj qilindi.
Vokzalda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, kutish zali, ona-bola xonasi, alohida kirish yoʻlak tashkil qilingan holda chipta sotish (kassa) xonasi, VIP zal, personal xonalari zamon talablariga mos qilib tashkil etildi hamda isitish va sovitish (chiller) tizimi oʻrnatildi, zamonaviy mebel va jihozlar bilan taʼminlandi.
“Hazorasp” temir yoʻl vokzalida rekonstruksiyadan soʻng bir vaqtning oʻzida 250 nafar, bir kecha kunduzda 1000 nafarga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Vokzal binosi atrofiga yashil maydonlar, gulzorlar, manzarali daraxtlar ekildi hamda ularni parvarishlash uchun sugʻorish tizimi bilan taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring