Yangi tadqiqot: mobil telefonlari miya saratoniga sabab boʻladimi?
Oksforddagi aholi salomatligi va Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) tadqiqotchilari katta istiqbolli tadqiqot natijalarini taqdim yetdi.
Unda mobil telefonlar miya saratoni rivojlanishini qoʻzgʻatmasligi tasdiqlangan. Juda uzoq vaqt davomida jamoatchilik orasida mobil telefonlardan chiqadigan radio toʻlqinlar xavfli boʻlishi mumkinligi haqida keng tarqalgan qoʻrquvlar mavjud edi, chunki radio toʻlqinlar IARC tomonidan “mumkin kanserogen” sifatida tasniflanadi. Bu xavotirlar 5G paydo boʻlishi bilan yana avj oldi.
Tadqiqot 1935 — 1950-yillarda tugʻilgan har toʻrt britaniyalik ayolni oʻz ichiga olgan UK Million Women Study maʼlumotlar bazasi maʼlumotlarini oʻrganib chiqdi. 2001-yilda taxminan 776 000 ishtirokchi mobil telefondan foydalanish boʻyicha soʻrovnomani yakunladi va ularning yarmi 2011-yilda shunga oʻxshash savollarga javob berdi. Ishtirokchilarning 14 yil davomidagi tibbiy maʼlumotlari ham tahlil qilindi: miya va koʻzning oʻziga xos neoplazmalarini rivojlanish xavfi baholandi.
2011-yilga kelib, 60 — 64 yoshdagi ishtirokchilarning deyarli 75 foizi mobil telefonlardan foydalangan boʻlsa, 75 — 79 yoshli guruhda bu koʻrsatkich 50 foizdan past edi. 14 yil davomida ayollarning 0,42 foizida miya neoplazmalari tashxisi qoʻyilgan, bu umumiy aholi sonidan statistik jihatdan sezilarli darajada farq qilmaydi.
Shuningdek, har kuni mobil telefondan foydalanish, haftada kamida 20 daqiqa faol suhbatlashish va/yoki telefon bilan kamida 10 yil ishlashda xavfning oshishi kuzatilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring