“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

18:56 16 May 2025 Jamiyat
325 0

Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan iqtidorli sportchi-yoshlarni eng quyi bo‘g‘indan boshlab saralash maqsadida joriy yil 17-may sanasidan boshlab ilk marotaba “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” U-17 (15-17 yosh) toifasida sport musobaqalari 3 bosqichda (mintaqaviy (tuman-shahar), viloyat va Respublika) o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.  Matbuot anjumanida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari mutasaddilari ishtirok etdi.

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport turlari - Boks (ayol, erkak), Basketbol 3х3 (ayol, erkak), Badiiy gimnastika (ayollar),  Dzyudo (ayol, erkak), Yengil atletika (ayol, erkak), Og‘ir atletika (ayol, erkak),  Stol tennis (ayol, erkak), Taekwondo WT (ayol, erkak), Erkin kurash, Ayollar kurashi, Yunon rum kurashi (erkak). Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari sport musobaqalarining dastlabki bosqichi respublikamizning 53 ta mintaqasida tashkil etiladi.     

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari va “Prezident Olimpiadasi musobaqalarning 1-bosqichi “Mintaqaviy (tumanlararo)”-  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport maktablari, xususiy sport klublari, yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan trenerlarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari o‘rtasida may-iyun oylarida, 2-bosqich “Hudud musobaqasi” - mintaqaviy (tumanlararo) musobaqalari g‘olib va sovrindorlari (1-3 o‘rin) va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari hamda sport turlari bo‘yicha mahorat maktablarining sportchilari o‘rtasida avgust oyida hamda shuningdek, 3-bosqich “Respublika bosqichi” - hududiy musobaqalarining g‘oliblari (1-o‘rin) hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari sportchilari o‘rtasida yil yakunida Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Prezident olimpiadasi sport musobaqalarida ishtirok etadi.

Prezident olimpiadasi sport musobaqalari g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qabul qilinadi.

Mazkur musobaqalarda ishtirok etish istagidagi sportchi yoshlarni ular tayyorgarlik olib borayotgan sport maktabi, xususiy sport klubi, umumta’lim maktabidagi sport klub va to‘garaklari orqali Sport vazirligining ERP-sport platformasida ro‘yxatdan o‘tadi.

Ta’kidlash joizki, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" va “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, chekka hududlardagi sport klublari va xususiy sektorlarda shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni seleksiya qilish, professional sport ta’limi muassasalarida iqtidorli sportchilarni saralash va ta’lim olishiga zamin yaratish, hududlarda yoshlar o‘rtasida sportning ommaviylashgan olimpiya turlarini yanada ommalashtirish, rivojlantirish,  voyaga yetmagan yoshlar va o‘smirlar hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini targ‘ib qilish,  sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish,  iqtidorli yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalariga jalb etish, olimpiya terma jamoalarining zaxirasini yaratish,  yuqori toifali sportchilarni olimpiya terma jamoalariga professional tarzda tayyorlashdan iborat.

Kelgusida musobaqalar dasturiga kiritiladigan sport turlari va yosh  toifalari har yili musobaqalar boshlanishidan bir oy avval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan Sport vazirligi bilan kelishgan holda e’lon qilib boradi.

Foto: Davronbek Ernazarov / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер