“Yangi Oʻzbekiston — maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi
— Biz Yangi Oʻzbekistonni yuksak madaniyat va maʼnaviyatga ega boʻlgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz— dedi Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP syezdida. — Shu munosabat bilan “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi.
Bu, avvalo, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va maʼrifiy yuksalishiga erishish imkonini beradi.
Oʻz navbatida, bu jamiyat aʼzolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini kuchaytirish zarur.
Bunda, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash – bizning oliy maqsadimizdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring