Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi

18:25 01 Mart 2022 Siyosat
1051 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yaratiladigan bir qator keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.

Unga koʻra, yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm). Bundan tashqari:

  • har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
  • har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;
  • yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;
  • doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?