“Yangi nafas” gʻoliblari aniqlandi
Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlab Guliston hamda respublikamizdagi yana boshqa bir qator shaharlarda turli mehnat jamoalari, yoshlar, nuroniylar, havaskor sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqani oʻtkazishdan maqsad aholi orasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirish, yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishdan iborat.
Marafonning yugurish masofasi 3 kilometrni tashkil qilib, mazkur sport tadbirida 3 mingdan ziyod sirdaryoliklar koʻngilli ravishda faollik koʻrsatdi.
Taqdirlash marosimida soʻz olgan viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlatimiz rahbari eʼtiboridagi masalalardan biri ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, sportning inson hayoti va salomatligidagi tutgan oʻrni va roli xususida fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Yakunda turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 12 nafar qatnashchiga viloyat hokimligining medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring