Yangi mavsumda “El Klassiko”lar qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi
“La Liga” 2024/25-yilgi mavsumi uchun qurʼa tashlandi. Ispaniya chempionati 2024-yil 18-avgustda boshlanadi va 2025-yil 25-mayda yakuniga yetadi.
Mavsumning eng markaziy uchrashuvlari sanalari ham maʼlum. “El Klassiko”larning birinchisi “Santyago Bernabeu”da 27-oktyabrda oʻtkaziladi. Ushbu bahs liganing 11-turidan oʻrin olgan.
Javob uchrashuvi esa Kataloniyada mavsum tugashiga 3 tur qolganda (35-tur) 2025-yilning 11-may kuni oʻtkaziladi.
Shuningdek, “Atletiko Madrid”ga qarshi “Real” shu yilning 29-sentyabr va 2025-yilning 9-fevralida maydonga tushsa, kataloniyaliklar joriy yilning 22-dekabr va 2025-yilning 16-martida oʻzaro kuch sinashishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring