Yangi korxonaga tamal toshi qoʻyildi
Fargʻona tumanidagi “Oqbilol” mahalla fuqarolar yigʻini hududida xorij investitsiyasi ishtirokida qattiq maishiy chiqindini qayta ishlash orqali muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shu maqsadda istiqbolli loyiha doirasida yangi korxona qurilishiga kirishildi.
Korxonaga tamal toshi qoʻyilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Fargʻona viloyati va tuman hokimligi masʼullari, xitoylik investorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
— Bu loyiha ekologik jihatdan xavfsiz boʻlib, arzon xomashyodan qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratish hamda muqobil energiya manbalarini koʻpaytirish imkonini beradi, — deydi Fargʻona tumani hokimi oʻrinbosari Akbarjon Axrorov. — Buning uchun esa hududda yetarli darajada qattiq maishiy chiqindi zaxirasini shakllantirish imkoni mavjud. Shuningdek, loyiha ijrosi doirasida zamonaviy texnologiyalar oʻrnatish va yuqori daromadli yangi ish oʻrinlari yaratish maqsad qilingan.
Aytish joiz, davlatimiz rahbarining joriy yil 24-martdagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Fargʻona viloyatida 141,5 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etish koʻzda tutilgan.
Bu kuniga 1,5 ming tonna chiqindini yoqish orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega texnologiyalarni ishga tushirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Botir MADIYOROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring