Yangi yilning ilk kunida qaysi hududda eng koʻp chaqaloq dunyoga kelgani ochiqlandi

13:20 02 Yanvar 2026 Jamiyat
371 0

Yangi yilning birinchi kunida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumot berdi.

2026-yilning 1-yanvar kuni 894 nafari qiz bola hamda 921 nafar oʻgʻil bola dunyoga kelgan. Eng koʻp tugʻilish holati Surxondaryo viloyatida qayt etilgan boʻlib, shu kuni viloyatda 243 nafar chaqaloq tugʻilgan.

Shuningdek, tugʻilishlar soni boʻyicha keyingi oʻrinlar quyidagicha koʻrinish olgan:

  • Fargʻona viloyati — 216 nafar;
  • Namangan viloyati — 194 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 191 nafar;
  • Samarqand viloyati — 191 nafar;
  • Andijon viloyati — 157 nafar;
  • Toshkent shahri — 143 nafar;
  • Toshkent viloyati — 129 nafar;
  • Buxoro viloyati — 85 nafar;
  • Jizzax viloyati — 76 nafar;
  • Xorazm viloyati — 65 nafar;
  • Navoiy viloyati — 55 nafar;
  • Qoraqalpogʻiston R. — 41 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 29 nafar.

Dunyoga kelgan bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, yaʼni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.

Maʼlumot uchun, Yangi yilning ilk kunidagi tugʻilish holatlari koʻrsatkichi 2021-yilda 1644 nafarni, 2022-yilda 2316 nafarni, 2023-yilda 2155 nafarni, 2024-yilda 1859 nafarni hamda 2025-yilda 1641 nafarni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?