Yangi yil arafasidagi yangi obyektlar
Payariq tumanidagi Koʻpaki va Doʻstlik mahallalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Ushbu hududda yashovchi tadbirkor va faol fuqarolar koʻmagida, hashar yoʻli bilan barpo qilingan mazkur obyektlarning ochilishi munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda tuman hokimligi, Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, binoda mahalla yettiligi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mahalla tarbiya beshigi ekanligi, har bir insonni bagʻrikenglik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalaydigan maskan ekanligi haqida gapirishdi.
Jomboy tumanidagi Noʻsh mahallasida esa “Open byudjet” loyihasi mablagʻi hisobiga qurilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

Mahalla ahli loyihaning birinchi mavsumida ishtirok etib, 1 milliard 500 million soʻm mablagʻni qoʻlga kiritgan edi. Natijada ushbu mablagʻ hisobidan hududda “Nuroniylar choyxonasi”, “Yoshlar guzari” hamda mahalla binosi bunyod etildi.

Yangi obyektlarning tantanali ochilish marosimida qurilish jarayonida faol ishtirok etib, fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, mazkur inshootlarda aholi, nuroniylar hamda mahalla “yettiligi” vakillari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani alohida taʼkidlandi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring