Yangi isteʼdodlar kashf etilmoqda

15:07 20 Dekabr 2022 Jamiyat
531 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamda masʼul tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovida shahar va tumanlardan yuz nafarga yaqin yigit-qizlar ishtirok etdi.

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar tasviriy va amaliy sanʼat, adabiyot va publitsistika, milliy maqom va milliy estrada yoʻnalishlarida oʻz isteʼdodi hamda mahoratlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdilar.

— Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Besh muhim tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan ushbu tanlov yangi isteʼdodlarni kashf etmoqda, - deydi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov. — Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra, Rishton tumanidan Sarvinoz Abdumannonova tasviriy va amaliy sanʼat, qoʻshtepalik Abdulaziz Abduhoshimov adabiyot va publitsistika, Quva tumani vakili Muxtasar Hojimurodova milliy maqom va estrada yoʻnalishida birinchi oʻringa munosib koʻrildi.

Tanlovning viloyat bosqichi gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?