Yangi imkoniyatlar davri boshlandi
Foto: Xalq soʻzi
Yurtimizda keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyatida katta imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Shu bois u mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tayanchiga aylandi. Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti ana shu jihatlari bilan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu yilgi ochiq muloqotda ishtirok etishdan avval, tadbirkorlik faoliyatimni tahlil qildim. Bundan atigi bir yil muqaddam Andijon shahrida “Windows and Doors Factory” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etib, eshik-rom ishlab chiqara boshladik. Bunga sabab, mamlakatimizning katta bunyodkorlik maydoniga aylanganligidir. Nafaqat shaharlar, balki eng chekka mahallalarda ham qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi, bu boradagi saʼy-harakatlarning istiqboli porloq ekanligi ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritishimizga sabab boʻldi. Mana shu qisqa muddat ichida 100 nafar hamyurtlarimizni doimiy ish joyi bilan band qildik. Ularning yordamida bir oyda 3 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarmoqdamiz. Bunday muvaffaqiyatga erishishimizda respublikamizda tadbirkorlik sohasiga boʻlgan eʼtibor, yaratilgan sharoit va imkoniyatlarning hissasi katta boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbarining bu galgi ochiq muloqotidan koʻp narsa kutgandim va men kutgandan ham ortiq imkoniyatlarga guvoh boʻldim. Masalan, ishbilarmonlik muhitini shakllantirish uchun moliyaviy koʻmak muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, ayniqsa, kichik va oʻrta biznes vakillari uchun eng koʻp qiyinchilik tugʻdirayotgan muammolardan biridir. Prezidentimiz bu boradagi vaziyatga odilona baho va tadbirkorlarga qulay muhitni yaratish boʻyicha aniq koʻrsatmalarni berdi. Unga binoan endilikda korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga yangi tashkil qilingan Sanoat jamgʻarmasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin boʻladi. Qolaversa, yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratiladigan kredit mablagʻlari boʻyicha ham bir qator qulayliklar yaratildi.
Bir soʻz bilan aytganda, bu galgi muloqot tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Tadbirkorning ish boshlashidan to mahsulotini bozorga olib kirishgacha boʻlgan barcha jarayon eʼtibordan chetda qoldirilmadi. Bank, soliq, bozor tizimidagi yechimini kutib kelayotgan muammolarning ijobiy yechimi yuzasidan aniq koʻrsatmalar berildi. Tadbirda ishtirok etar ekanman, bu imkoniyatlar yangi istiqbolli loyihalarimizga puxta zamin boʻlishiga ishonch hosil qildim.
Bobirbek SADIQOV,
Andijon shahridagi “Windows and
Doors Factory” MCHJ rahbari,
“Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni sohibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring