“Yangi diyor” isteʼdodli yoshlar bilan gavjum boʻladi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Keyingi paytda Peshku tumanidagi “Turkiston” mahallasida joylashgan 37-sonli “Yangi diyor” madaniyat markazi qishloq yoshlari bilan gavjumlashib qoldi. Bu mazkur maskan binosining taʼmirdan chiqarilib, isteʼdodli oʻgʻil-qizlarga sanʼat sirlarini egallashlari uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgani bilan bogʻliq.
Sirasini aytganda, markaz shu paytga qadar moslashtirilgan binoda faoliyat koʻrsatib kelayotgandi. U oʻtgan asrning 80-yillarida jamoa xoʻjaligi maʼmuriy binosi sifatida qurilgan. Mahalliy byudjet hisobidan 649 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgani bu goʻshaning kutubxona, kinoteatr, musiqa va tomosha zalidan iborat koʻrkam maskanga aylantirish imkonini berdi. Markazda endilikda rubob, doira, raqs toʻgaraklari qatnashchilari, estrada ijrochiligi ixlosmandlari uchun zarur shart-sharoitlar bor.
— Hududimizda ayni damda beshta xuddi shunday markaz faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi tuman madaniyat boʻlimi rahbari Shermat Turdiyev. — Ulardagi toʻgaraklarda 210 nafardan ziyod kishi qatnashib, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazmoqda. “Yangi diyor”ga kelsak, bu markaz qoshida “Mirishkor” xalq havaskorlik dastasi ham tashkil etilgan. Aholi, xususan, yoshlar qishloqda yaratilgan shu kabi imkoniyatlardan oqilona foydalanishadi. Bu fayzli goʻshadan yangidan yangi isteʼdod sohiblari yetishib chiqadi, degan umiddamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring